AQSh Ukraina uchun mo‘ljallangan ayrim qurol-yarog‘ni Yaqin Sharqqa yuborishni ko‘rib chiqmoqda. Gap, asosan, Kiyev uchun sheriklar tomonidan sotib olingan havo hujumidan mudofaa tizimlari haqida ketmoqda.
The Washington Post yozishicha, bunga Eron bilan bog‘liq mojaro fonida zaxiralar kamayib borayotgani sabab bo‘lgan.
Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Variantlar orasida Ukrainaga yetkazib berishni kechiktirish yoki qurolning bir qismini to‘liq boshqa hududga yo‘naltirish masalasi bor.