Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Ukraina tabiiy resurslaridan foydalanish bo‘yicha soddalashtirilgan shakldagi bitim tuzmoqchi

AQSh Ukraina tabiiy resurslaridan foydalanish bo‘yicha soddalashtirilgan shakldagi bitim tuzmoqchi

Tramp ma’muriyati Ukraina tabiiy resurslaridan foydalanish bo‘yicha soddalashtirilgan shakldagi bitim tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Reuters.

Agentlik manbalarining ma’lum qilishicha, bitimning soddalashtirilgan varianti kelishuvni tezroq imzolash imkonini beradi, batafsil shartlar esa keyinroq muhokama qilinadi.

Reuters nashri manbalari Ukraina Tramp ma’muriyati bilan tabiiy resurslar bo‘yicha bitim tuzishga tayyor ekanligini bildirgan. Agentlikning yana bir suhbatdoshi bitim shartlari talonchilik ko‘rinishida bo‘lmasligi kerakligini qo‘shimcha qildi. Ularning ta’kidlashicha, Tramp Vashington Ukrainaga yordam uchun sarflagan mablag‘larini qaytarib olayotganini AQSh xalqiga oshkora e’lon qila olishi muhim hisoblanadi.

Fevral oyi boshida Tramp Ukraina rahbariyati bilan kelishuv tuzmoqchiligini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, AQShning Kiyevga ko‘rsatadigan harbiy va moliyaviy yordami Ukrainadan AQShga nodir yer elementlarini yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lishi kerak edi. 12 fevral kuni kelishuv loyihasi Volodimir Zelenskiyga topshirildi, ammo u kelishuvni imzolashdan bosh tortdi.

Kiritildi: 17:37 20.02.2025. O'qildi: 1154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!