"Ishonasizmi yoki yo‘qmi, lekin siz shunday bir kasb bilan shug‘ullanasizki, u urush tezligida o‘zgaradi", — dedi AQSh prezidenti UYEst-Poynt harbiy akademiyasi bitiruvchilari oldidagi nutqida.
"Afsuski, biz buni Rossiya va Ukraina misolida ko‘rib turibmiz. Biz bu jarayonni o‘rganmoqdamiz, bu o‘rganish uchun juda qo‘rqinchli holat, lekin harbiy harakatlarning turli shakllarini ko‘ryapmiz. Past balandlikda, katta tezlik va aniqlik bilan uchayotgan dronlarni ko‘ryapmiz. Biz bu tajribadan saboq olyapmiz — sizning kasbingiz juda tez o‘zgarib boryapti", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.