Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi doipasida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni taklif qilmoqda

A A A
AQSh Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi doipasida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni taklif qilmoqda

"Vashington ittifoqchilariga Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishishga qaratilgan takliflarni taqdim etdi, ularning tarkibida harbiy harakatlarni to‘xtatish va Moskva tomonidan barqaror sulhga rioya qilinishi evaziga sanksiyalarni yumshatish shartlari ham mavjud", deb yozadi Bloomberg agentligi.

Evropalik amaldorlarning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar rejasining umumiy mazmuni payshanba kuni Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda taqdim etilgan. Unda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio, prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron, shuningdek, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Ukrainaning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari hamda muzokarachilari ishtirok etgan.

Qo‘shma Shtatlarning taklifi mojaroni amalda “muzlatib qo‘yish”ni nazarda tutadi. Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, unda Rossiya tomonidan egallab olingan Ukraina hududlari Moskva nazoratida qolishi belgilangan. Ukraina tomonidan NATO'ga a’zo bo‘lish istagi esa ko‘rib chiqilmaydi. Bloomberg manbalari muhokama maxfiy xarakterga ega bo‘lgani sababli batafsil ma’lumot bermagan.

Rossiyaning Ukraina hududlarini bosib olish holati saqlanib qolgan bir paytda sanksiyalarni yumshatish haqidagi taklif Kiyev ittifoqchilarida xavotir uyg‘otmoqda, deb yozadi Bloomberg . Yevroittifoq sanksiyalarini olib tashlash, jumladan Rossiya aktivlarini muzlatishni bekor qilish uchun barcha a’zo davlatlarning roziligi talab etiladi.

Kiritildi: 00:50 19.04.2025. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!