Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Ukraina bo‘yicha koalisiyaning kelgusi yig‘ilishida ishtirok etishi lozim — Jorja Meloni

AQSh Ukraina bo‘yicha koalisiyaning kelgusi yig‘ilishida ishtirok etishi lozim — Jorja Meloni

Italiya bosh vaziri Parijdagi sammitdan so‘ng AQSh Yevropa davlatlarining Ukraina bo‘yicha kelgusi uchrashuvida qatnashishiga umid qilishini bildirdi. Shuningdek, u Rim tinchlikni ta’minlash uchun Ukrainaga qo‘shin yubormasligini yana bir bor tasdiqladi.

"Meloni AQSh bilan hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidlab, Ukraina suvereniteti va xavfsizligini ta’minlaydigan tinchlikka erishish yo‘lida ishlash zarurligini bildirdi. Shuningdek, u kelgusi muvofiqlashtirish yig‘ilishida Qo‘shma Shtatlar delegasiyaning ishtirok etishiga umid qilishini bildirdi", deya bayonot berdi Italiya bosh vaziri ofisi.

Melonining fikricha, mustahkam tinchlik uchun Ukrainaga doimiy qo‘llab-quvvatlash zarur. Shu bilan birga, ishonchli xavfsizlik kafolatlari ham ta’minlanishi shart. U bu kafolatlar "evroatlantik kontekst" asosida shakllanishi va qisman NATO nizomining 5-moddasiga mos kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bu masala bo‘yicha "texnik tahlil" o‘tkazishni taklif qildi. Italiya bosh vaziri bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi Meloni ofisi.

Kiritildi: 12:11 28.03.2025. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!