Bu haqda Oq uy milliy iqtisodiy kengashi direktori Kevin Hassett ma’lum qildi.
Ushbu mablag‘lar Qo‘shma Shtatlar byudjet taqchilligini qoplashga va mamlakat fuqarolarining soliq yukini kamaytirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Donald Tramp ushbu bitim orqali "AQSh Ukrainaga sarflagan" deya da’vo qilgan 350 milliard dollarni qaytarib olmoqchiligini aytgan edi.
Biroq, OAVda e’lon qilingan yer osti boyliklari bo‘yicha kelishuv loyihasida AQShning nafaqat 350 milliard dollar, hatto 20 milliard dollar olishiga hech qanday kafolat yo‘q. U yerda faqat kelajakda amalga oshiriladigan qazilma resurslarni o‘zlashtirish va infratuzilmani qurish bo‘yicha yangi loyihalardan olinadigan daromadlar haqida gap boradi. Jarayon qachon va qanday hajmda amalga oshirilishi hozircha noma’lum. Kelishuv loyihasida konlarga egalik huquqi Qo‘shma Shtatlarga o‘tishi haqida ham hech narsa aytilmagan.
Ehtimol, bu ma’lumotlar tez orada tayyorlanishi nazarda tutilgan jamg‘arma to‘g‘risidagi shartnomada batafsilroq ko‘rsatiladi. Ammo, uning qachon va qay ko‘rinishda imzolanishi ham hozircha noma’lum.