Amerika Qo‘shma Shtatlari va Ukraina o‘rtasida resurs bo‘yicha bitim yaqin orada imzolanadi, dedi kongressmen Brayan Fitspatrik . Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
“Biz bu poyezdni 100 foiz relsga qaytaramiz. Mineral resurslar bo‘yicha ushbu shartnoma qisqa vaqt ichida imzolanadi, bu esa AQSh va Ukraina o‘rtasida kuchli uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikka olib keladi”, dedi u Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak bilan suhbatdan so‘ng .