Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Ukrainaning ismi oshkor etilmagan rasmiy vakiliga ko‘ra, Tramp ma’muriyati muzokarachilari xavfsizlik kafolatlari haqidagi ibora "foydali qazilmalar huquqlari bo‘yicha muzokaralar doirasidan tashqarida" ekanligini ta’kidlab, uni olib tashlashga intilgan. Qayd etilishicha, ushbu ibora muzokaralarning keyingi bosqichiga kelibgina bitim loyihalariga kiritilgan.
The New York Times nashri 24 fevral sanasi bilan yozilgan bitim nusxasini qo‘lga kiritgan. Ushbu hujjatda AQSh hukumati "Ukrainaning barqaror tinchlik uchun zarur xavfsizlik kafolatlarini olish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi" qayd etilgan.
Gazetaning yozishicha, bitimdagi bu ibora aniq majburiyatlarni nazarda tutmaydi, shuning uchun Vashington Ukrainaga qanday kafolatlar berishi lozimligi noaniq qolmoqda. Shuningdek, ushbu versiya yakuniy variant ekani ham hozircha ma’lum emas.
Bitim loyihasida yana bir muhim band bor, unda "AQSh o‘zaro investisiyalarni himoya qilish choralarini ko‘radi", deb yozilgan. Nashrga ko‘ra, AQSh bu orqali foydali qazilmalar konlarini, jumladan, front chizig‘iga yaqin joylashgan hududlarni qo‘riqlash majburiyatini ham o‘z ichiga olishi mumkin.