The Wall Street Journal nashrida chop etilgan maqolada AQSh sun’iy intellekt infratuzilmasi uchun eng xavfsiz variantlardan biri sifatida Isroilning Negev hududi ko‘rib chiqilayotgani aytildi.
Maqolada ta’kidlanishicha, Isroil texnologiya sohasida, xususan kiberxavfsizlik, mudofaa texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida dunyo yetakchilaridan biri hisoblanadi.
Mualliflar fikricha, Negev mintaqasi strategik joylashuvi, yuqori texnologik salohiyati va AQSh bilan yaqin hamkorligi tufayli yirik AI markazini joylashtirish uchun munosib hudud bo‘lishi mumkin.