AQSh ular qo‘lga olgan tanker Venesuela va Erondan neft tashish bilan shug‘ullangan deb gumon qilmoqda.
Bu haqda AQSh bosh prokurori Pem Bondi ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritishicha, tanker Venesuela va Erondan sanksiyalangan xom neftni tashish uchun ishlatilgan. Tankerni hibsga olishga order FQB, Milliy xavfsizlik bo‘yicha tergov va AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan berilgan.
Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, Ichki ishlar vazirligi bilan qo‘shma tergov davom etmoqda.
Prezident Donald Tramp avvalroq Bloomberg agentligining Bloomberg qirg‘oqlarida neft tankeri qo‘lga olingani haqidagi xabarini tasdiqlagan edi.