Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

AQSh ma’muriyati Tayvanga umumiy qiymati 10 milliard dollardan oshadigan yirik qurol-yarog‘ paketi sotilishini ma’lum qildi.

AQSh Davlat departamenti bu haqda prezident Donald Trampning millatga murojaati chog‘ida xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, paket tarkibiga 82 ta HIMARS reaktiv zalp tizimi, 420 ta ATACMS taktik raketa, 60 ta o‘zyuro‘rar gaubisa, ularga oid uskunalar, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari kiradi.

Shuningdek, paketga harbiy dasturiy ta’minot, Javelin va TOW raketalari, vertolyotlar uchun ehtiyot qismlar hamda Harpoon raketalarini modernizasiya qilish to‘plamlari ham kiritilgan.

Kiritildi: 15:41 18.12.2025. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!