AQSh Donald Tramp ma’muriyatining Ukrainadagi urushni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlari fonida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni aylanib o‘tishni to‘xtatish uchun ittifoqchilar tomonidan tuzilgan bir qancha ishchi guruhlarda "asosan yo‘q" bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Muammo ikki tomonlama texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, Rossiya neftining G7 narxlari chegarasiga rioya etilishini nazorat qilish va ta’minlashdir.
Suhbatdoshlar, shuningdek, AQShning G‘arbning Moskvaga qarshi yangi cheklovlar joriy etish harakatlaridagi ishtiroki qisqarganini qayd etdilar.
Evropa rasmiylari Amerika ishtirokining qisqarishi siyosiy qaror natijasimi yoki vaqt va kadrlar yetishmasligini bilmaydi.
Kecha ma’lum bo‘lishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiya harbiy harakatlarni to‘xtatmaguncha va yetkazilgan zararni qoplamaguncha Rossiya aktivlarini muzlatish niyatida emas.