Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh talabalar vizasini olish qoidalarini qiyinlashtirmoqda

AQSh talabalar vizasini olish qoidalarini qiyinlashtirmoqda

Oq uy AQSh elchixonalarida talabalar vizalari uchun yangi suhbatlar tayinlashni to‘xtatdi va ariza beruvchilarni ijtimoiy tarmoqlarda tekshiruvdan o‘tkazishni majburiy qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Politico nashrining xabar berishicha, yaqin kunlarda bu borada alohida ko‘rsatmalar kutilmoqda. Avval belgilangan suhbatlar o‘tkazilishi mumkin.

Biroq, ijtimoiy tarmoqlardagi tekshiruv nimaga qaratilgani va u nimalarni aniqlashi kerakligi haqida aniqlik yo‘q. Agar ma’muriyat bu rejani amalga oshirsa, bu talabalar vizasi uchun arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtirib qo‘yishi mumkin.

Kiritildi: 10:47 28.05.2025. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!