Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Suriyadagi harbiy mavjudligini qisqartirdi: bazalarni yopadi, qo‘shinlarni olib chiqadi

AQSh Suriyadagi harbiy mavjudligini qisqartirdi: bazalarni yopadi, qo‘shinlarni olib chiqadi

The New York Times gazetasining amerikalik yuqori martabali amaldorlarga tayanib xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Suriyadan yuzlab askarlarini olib chiqishni boshlagan. Bu jarayon doirasida harbiylar arab davlatining shimoli-sharqidagi sakkizta harbiy bazasidan uchtasini yopmoqda.

Amerika qo‘shinlari soni 2000 dan 1400 ga qisqartiriladi. Qo‘shinlarni keyingi olib chiqish bo‘yicha yakuniy qaror 60 kun ichida qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Nashrning qayd etishicha, prezident Donald Tramp AQShning Suriyada harbiy mavjudligini saqlab qolish maqsadga muvofiqligiga “chuqur shubha” bildirmoqda. Biroq, manbalarga ko‘ra, hozirgi bosqichda harbiy qo‘mondonlik mamlakatda kamida 500 nafar harbiyni qoldirishni tavsiya qilmoqda.

Kiritildi: 12:54 19.04.2025. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!