Nashrning amerikalik rasmiyga tayanib xabar berishicha, Yaqin Sharqqa yuborilgan samolyotlar orasida F-35 Lightning II, F-22 Raptor va F-16 Fighting Falcon turidagi qiruvchilar bor.
Avvalroq The Wall Street Journal AQSh harbiylari prezident Donald Tramp Eronga zarba berish haqida buyruq bergan taqdirda, bir necha hafta davom etishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli operasiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar berilgandi.
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharq mintaqasida USS Abraham Lincoln aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba guruhini joylashtirgan edi. Shuningdek, yaqin kunlarda Vashington mintaqada THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi batareyalarini joylashtirishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, The New York Times nashrining xabar berishicha, Vashington USS Gerald Ford aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba guruhini Karib dengizidan Yaqin Sharq mintaqasiga yo‘naltiradi.