Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh sudining qarori avtomobil va po‘lat importiga 25% bojni bekor qilmaydi

AQSh sudining qarori avtomobil va po‘lat importiga 25% bojni bekor qilmaydi

Xalqaro savdo bo‘yicha AQSh Federal sudining Amerika yetakchisi Donald Tramp tomonidan joriy etilgan bojxona to‘lovlarini bloklash to‘g‘risidagi qarori Amerika Qo‘shma Shtatlariga avtomobillar, avtomobil ehtiyot qismlari, po‘lat va alyuminiy importi uchun 25 foizlik bojlarga taalluqli emas.

Bu haqda CNN yozmoqda.

Qayd etilishicha, sud qarori bilan Xitoydan keltirilgan tovarlarga 30 foizlik bojlar to‘xtatilgan. Bundan tashqari, qaror Meksika va Kanadaning ba’zi tovarlariga 25 foizlik, AQShga olib kiriladigan aksariyat tovarlarga esa 10 foizlik bojlarni bekor qiladi.

"Ammo u avtomobillar, avtomobil ehtiyot qismlari, po‘lat va alyuminiy uchun 25 foizlik bojlarga ta’sir qilmaydi," - deyiladi materialda.

Telekanalning tushuntirishicha, ushbu bojlar Savdoni kengaytirish to‘g‘risidagi qonunga muvofiq joriy etilgan. Shu bilan birga, sud Tramp xalqaro favqulodda vaziyatlarda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha prezidentga berilgan vakolatlardan oshib ketgan, deb qaror qildi.

Kiritildi: 07:28 29.05.2025. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!