Sudya Stiven Merridey da’vo arizasi qoidabuzarlik bilan berilganini bildirdi. Merrideyning so‘zlariga ko‘ra, unda prezidentni talablarining mohiyati aniq ko‘rsatilmagan.
Sudyaning ta’kidlashicha, da’vo arizasida javobgar tomonlarga talablarning tabiati va mazmuni haqida aniq ma’lumot berilishi kerak.
"Da’vo — bu raqibga nisbatan haqoratlar va qattiq tanqidlarga bag‘ishlangan ommaviy maydon emas", — dedi sudya.
Merridey Trampga 28 kun ichida to‘g‘rilangan da’vo arizasi bilan murojaat qilish imkonini berdi, uning hajmi 40 betdan oshmasligi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 16 sentyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp The New York Times'ni tuhmat ayblovi bilan sudga berishini e’lon qilgan edi. Trampning fikricha, gazeta “o‘nlab yillar davomida” uning o‘zi, oilasi, biznesi va butun Amerika millati haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan. U, shuningdek, nashrni “radikal so‘l Demokratik partiyaning ovozi” deb atagandi.