AQSh sudi AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga qarshi sud jarayoni haqidagi hisobotni chop etishni blokladi . Bu haqda The Washington Post yozmoqda .
Qayd etilishicha, sud maxsus prokuror Jek Smitning siyosatchiga nisbatan tergov natijalari bo‘yicha hisobotini nashr etishini bloklagan. Bu haqda Florida janubiy okrugi federal sudi sudyasi Eylin Kannon qaror chiqardi.
Hisobot AQShning 11-sonli apellyasiya sudi ish bo‘yicha qolgan ikki ayblanuvchiga nisbatan sud jarayonini yakunlamaguncha e’lon qilinmaydi.