Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Sudan va qo‘shni davlatlarga 245 million dollar gumanitar yordam ajratdi

AQSh Sudan va qo‘shni davlatlarga 245 million dollar gumanitar yordam ajratdi

Qo‘shma Shtatlar Sudan va qo‘shni davlatlarga 245 million dollarlik gumanitar yordam ko‘rsatganini e’lon qildi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar bermoqda.

Shu bilan birga, AQShning Sudan va uning qo‘shnilari Chad, Misr, Janubiy Sudan va Markaziy Afrika Respublikasiga 2023 moliya yilida jami gumanitar yordami taxminan 880 million dollarga yetdi.

“Biz xalqaro va mahalliy hamkorlar bilan ichki ko‘chirilganlar, qochqinlar va boshqalarga oziq-ovqat, suv, tibbiy yordam va boshqa hayotni qutqaruvchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiramiz”, — dedi Davlat departamenti.

Kiritildi: 23:02 23.05.2023. O'qildi: 1975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!