AQSh Somalilendni harbiy baza evaziga tan olishni ko‘rib chiqmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati harbiy-dengiz bazasini barpo etishga ruxsat olish evaziga Somalilendni qisman tan olish masalasini muhokama qilmoqda, deya xabar bermoqda Financial Times.
Financial Times nashriga ma’lumot bergan amerikalik amaldor yangi ma’muriyatning Somalilend rahbariyati bilan dastlabki muloqotlari haqida so‘zlab, Qizil dengiz sohilidagi Berbera porti yaqinida harbiy baza barpo etish evaziga de-fakto davlatni tan olish bo‘yicha ehtimoliy kelishuv muhokamalari boshlangani haqida ma’lum qildi.
Amaldorning ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyatining Afrika bo‘yicha jamoasi hali shakllanishning dastlabki bosqichida va bu "juda dastlabki, boshlang‘ich muloqotlar" davom etmoqda.
Somalilend, Somalining shimoliy hududi, 1991 yilda Somalidan ajralib chiqqan. Bu Siad Barre hokimiyati qulagandan keyin sodir bo‘ldi, bu esa mamlakatni fuqarolar urushiga olib keldi.