Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh shaharlari global xarajatlar ro‘yxatida yetakchilikni mustahkamlamoqda

AQSh shaharlari global xarajatlar ro‘yxatida yetakchilikni mustahkamlamoqda

2020 yilda dunyo bo‘ylab eng ko‘p pul sarflanadigan shaharlar ro‘yxatida AQShning beshta shahari bor edi. World Data Lab’ning yangicha tahlillariga ko‘ra, 2040 yilga kelib bu ro‘yxatga yana bir yangi nom — Dallas qo‘shilib, Amerika shaharlari soni oltiga etadi.

Shu bilan birga, dunyo xarid bozoridagi yirik o‘yinchilar orasida ham o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yaponiya sekin-astalik bilan o‘rnini yo‘qotmoqda, Xitoy esa asta-sekinlik bilan ilgarilab bormoqda.

Biroq AQSh bu jarayonda nafaqat yetakchilikni saqlab qolmoqda, balki uni kengaytirmoqda ham. Masalan, Xyuston 2000 yilda 14-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, 2040 yilga kelib 12-o‘ringa chiqishi kutilayapti. Vashington, Finiks va Sietl kabi shaharlar ham eng ko‘p xarid qiluvchi 20 shahar qatorida.

Yana bir qiziq fakt: oxirgi yillarda “Sun Belt” deb nomlangan — quyoshli iqlim va arzon turmush tarziga ega Amerika janubidagi shaharlar aholini o‘ziga jalb qilib, iqtisodiy yuksalishda oldingi safiga chiqmoqda.

Amerika iqtisodiyoti so‘nggi pandemiya, inflyasiya va turli inqirozlarga qaramasdan, o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. AQShda odamlar ko‘p jamg‘armaydi, ko‘proq sarflaydi — kreditlardan ham foydalanish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Bu holat doimiy bo‘lmasada, iste’molni yuqori darajada ushlab turishga xizmat qilyapti.

Ayniqsa, boy amerikaliklar bu jarayonda asosiy harakat kuchiga aylanmoqda. Ular pandemiya paytidagi jamg‘armalari va past ipoteka foizlari sabab, hali ham erkin xarid qilish imkoniga ega. Wall Street Journal ta’kidlashicha, bugungi kunda AQSh iste’mol bozori ko‘proq boylarga suyanadi — va shunday odamlar bu yerda yetarlicha.

World Data Lab dunyo bo‘yicha 6000 dan ortiq shaharni tahlil qilgan va kelajakdagi iste’mol harakati haqida o‘z xulosalarini bildirgan. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, 2040 yilgacha yangi sarf-xarajatlarning 83 foizi aynan shaharlarda amalga oshadi.

Eng ko‘p xarajat qiluvchi 100 shahar aholisi har yili o‘rtacha 2.4% ga oshsa, ulardagi umumiy iste’mol xarajatlari 4.5% ga o‘sishi kutilmoqda. Bu esa katta shaharlarning kelajakda ham boy odamlarni jalb qiluvchi markaz sifatida qolishini anglatadi.

Kiritildi: 22:04 07.05.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!