AQSh hukumati 40 kun davomida qisman ishlamadi, bunga sabab Kongress davlat xizmatlarini moliyalashtirish masalasida kelishuvga erisha olmadi.
Senatorlarning kelishuvi shatdaunni tugatish yo‘lidagi birinchi qadamdir. Senatdan keyin qonun loyihasini Vakillar palatasi ma’qullashi, so‘ng esa prezident Tramp imzolashi kerak bo‘ladi. Bu jarayon bir necha kun vaqt olishi mumkin.