Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Senati Kevin Uorshni Federal zaxira tizimi rahbari etib tasdiqladi

AQSh Senati Kevin Uorshni Federal zaxira tizimi rahbari etib tasdiqladi

U uchun ovoz berish jarayoni tarixdagi "siyosiy" voqeaga aylandi

Qo‘shma Shtatlar Senati 54 ta rozi va 45 ta qarshi ovoz bilan Kevin Uorsh nomzodini Federal zaxira tizimining (FZT) 17-raisi lavozimiga tasdiqladi. Pensilvaniyalik senator Jon Fetterman Uorsh nomzodini qo‘llab-quvvatlagan yagona demokrat bo‘ldi.

CNN'ning ta’kidlashicha, bu FZT rahbari nomzodi bo‘yicha ""tarixdagi eng siyosiylashgan ovoz berish" bo‘ldi.

Trampning Federal zaxira tizimiga nisbatan asosiy talablaridan biri — foiz stavkalarini pasaytirishdir. U buni avvalgi rahbar Jerom Pauelldan ham talab qilgan edi. Nashrning yozishicha, Uorsh bu masalada AQSh prezidentiga yaqinroq qarashga ega shaxs deb hisoblanadi.

Biroq Uorsh Eron bilan bo‘layotgan urush sababli inflyasiya bosimi kuchaygan bir paytda lavozimga kirishmoqda. Investorlar Federal zaxira tizimi bazaviy stavkani yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoldirishini yoki inflyasiya kuchaysa, hatto oshirishini kutmoqdalar — bu esa Trampning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!