Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Senati Kesh Patelni FQB rahbari lavozimiga tasdiqladi

AQSh Senati Kesh Patelni FQB rahbari lavozimiga tasdiqladi

Uning nomzodi uchun 51 nafar senator ovoz berdi, 49 nafari qarshi chiqdi. Demokratlarning barchasi hamda respublikachi senatorlar Liza Murkovski va Syuzan Kollinz uning nomzodiga qarshi ovoz berdi.

44 yoshli Patel huquqshunos bo‘lib, hindistonlik muhojirlar oilasida tug‘ilgan. U Donald Trampning birinchi davrida u Milliy razvedka direktori maslahatchisi va Pentagon rahbari shtabining boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U FQBning razvedka ma’lumotlarini yig‘ish bo‘yicha vakolatlarini cheklash va Tramp qo‘llab-quvvatlashidan bosh tortgan xodimlarni ishdan bo‘shatishga chaqirgan. Shuningdek, Patel Trampning Rossiya bilan aloqasi bo‘yicha demokratlar partiyasi qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvni obro‘sizlantirishda muhim rol o‘ynagan.

Kiritildi: 12:16 21.02.2025. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!