Yakuniy ovoz berish natijalariga ko‘ra, AQSh hukumati faoliyatini 2025 yil 30 sentyabrgacha moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi. Bu 15 martdan boshlab mamlakatga tahdid solayotgan shatdaunning oldini olishga imkon berdi.
Qonun loyihasini 62 senator qo‘llab-quvvatladi, 38 nafari esa unga qarshi ovoz berdi.
Endi hujjat imzolash uchun prezident Donald Trampga yuboriladi. Tramp mazkur qonun loyihasini tez orada ma’qullashi kutilmoqda.