Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Senati Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyusiyani rad etdi

AQSh Senati Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyusiyani rad etdi

AQSh Senati ma’muriyatning Eronga qarshi harbiy kuch ishlatish vakolatini cheklaydigan rezolyusiyani rad etdi.

Reuters agentligiga tayanib xabar berishicha, 47 senator rezolyusiyani qo‘llab-quvvatlagan, 52 senator esa qarshi ovoz bergan.

Respublikachilar orasida faqat Kentukki shtatidan senator Rend Pol rezolyusiyani qo‘llab-quvvatladi. Unga qarshi ovoz bergan yagona demokrat Pensilvaniya shtatidan senator Jon Fetterman edi.

Shunga o‘xshash tashabbus ilgari Vakillar palatasida bloklangan edi.

AQSh Konstitusiyasiga ko‘ra, urush e’lon qilish vakolati Kongressga tegishli. Biroq, so‘nggi o‘n yilliklarda AQSh ma’muriyatlari yangi harbiy operasiyalarni ham o‘z ichiga olgan holda, chet elda kuch ishlatish bo‘yicha qonun chiqaruvchi vakolatni keng talqin qilishdi.

Shu fonda, so‘nggi oylarda Kongressning bir nechta a’zolari Prezident Donald Tramp Eronga qarshi faqat Kongress roziligi bilan harbiy kuch ishlatishi mumkinligi haqidagi tashabbuslarni ilgari surdilar. Biroq, bu choralarning hech biri qabul qilinmagan.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!