Chexiyaning sobiq bosh vaziri Andrey Babishning fikricha, noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari Ukrainadagi mojaroning qanday davom etishida hal qiluvchi omil bo‘ladi.
Financial Times gazetasiga bergan intervyusida u "hatto Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari Ukraina borasida qanday harakat qilish bo‘yicha bir fikrda emasligini" ta’kidlab, Yevropaning asosiy maqsadi tinchlikni tiklash ekanini qo‘shimcha qildi. "Ammo keling vaziyatga real qaraylik: AQSh saylovlari Ukrainadagi urush natijasini hal qiladi", dedi Babish.