Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

AQSh savdo vakili idorasi O‘zbekistonga go‘sht eksport qilish markazini tashkil etdi

AQSh savdo vakili idorasi O‘zbekistonga go‘sht eksport qilish markazini tashkil etdi

AQSh Savdo vakili idorasi O‘zbekistonga go‘sht eksport qiladigan markaz tashkil etgan. Bu haqda AQSh savdo vakili idorasi hamda O‘zbekiston rasmiylari e’lon qilgan bayonotga asoslanib, Meat+Poultry xabar berdi.

AQSh idorasi (USTR) xabar berishicha, yangi markaz Qo‘shma Shtatlardan qoramol va parranda go‘shti eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Vashingtondagi hukumat bu borada maxsus qaror chiqarib, 1 iyundan boshlab go‘sht korxonalariga O‘zbekistonga mahsulot eksport qilishga ruxsat bergan.

Oldinroq AQSh elchisi Ketrin Tay O‘zbekistonga kelib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazgan edi. Ushbu uchrashuvlarda savdo-iqtisodiy sohada bir qancha manfaatli amaliy natijalarga erishilgan.

“AQSh va O‘zbekiston joriy yilda bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarda erishilgan sezilarli muvaffaqiyatdan manfaatdorligini his qildi va loyihalarning yaqin kelajakda tugallanishidan mamnunligini izhor qildi”, — deyiladi ikki davlatning qo‘shma bayonotida.

Manbada aytilishicha, O‘zbekistonning xalqaro savdoni osonlashtirish tashabbuslari AQSh e’tiborini tortgan. O‘zbekiston qonunchilikdagi o‘zgartirishlar orqali xalqaro savdo tizimlariga sodiqligini ifoda eta olgan.

“Faol a’zolik jarayonining bir qismi sifatida Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning bugungi kungacha milliy qonunchiligi va amaliyotini Jahon Savdo Tashkiloti kelishuvlariga muvofiqlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishladi. Ayniqsa, O‘zbekistonning savdoni osonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarini JSTning Savdoni osonlashtirish to‘g‘risidagi bitimiga muvofiqlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlari ko‘p tomonlama savdo tizimiga sodiqligidan dalolat beradi”, — deyiladi AQSh va O‘zbekiston qo‘shma bayonotida.

Go‘sht eksport qiluvchi yangi markaz tashkil qilinishi ortidan AQSh go‘sht eksporti federasiyasi (USMEF) bir qancha tafsilotlarni ochiqlagan.

“2021 yilda O‘zbekiston ob’ektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirganidan beri atigi 29 ta go‘sht va parrandachilik ob’ekti O‘zbekiston tomonidan mamlakatga eksport qilish huquqiga ega bo‘lishi uchun ma’qullangan. AQSh savdo vakili idorasi va qishloq xo‘jaligi departamenti cheklovlarni olib tashlash uchun hozirda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqda. AQSh go‘sht eksporti federasiyasi ham bu jarayonlardan manfaatdor bo‘lib, so‘nggi ijobiy o‘zgarishlarni olqishlaydi”, — degan USMEF iqtisodiy tahlil bo‘yicha vise-prezidenti Erin Borror.

USMEF ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar—aprel oylarida O‘zbekistonga mo‘ljallangan qoramol va parranda go‘shti eksporti hajmi taxminan 8100 tonnani tashkil etgan. Bu orada Hindiston ikkinchi (4750 tonna), Qozog‘iston uchinchi (3260 tonna) va Braziliya to‘rtinchi o‘rinda (83 tonna) qayd etilgan. Shuningdek, yanvar—aprel oylarida O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqidan cho‘chqa go‘shti eksporti 96 tonnaga yetgan. Bu esa o‘tgan yildagiga nisbatan 18 foizga kam.

Kiritildi: 18:53 20.06.2024. O'qildi: 1196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!