"Donald Tramp ma’muriyati o‘z qarorini Kreml bilan muzokaralarni davom ettirish istagi bilan izohladi. Vashington buni “tinchlik muzokaralari uchun imkoniyatni saqlab qolish ustida ishlash” deya ta’riflamoqda", deb yozadi agentlik.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, rezolyusiya loyihasida Rossiyaning Sumiga uyushtirgan va 35 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan raketa hujumi Moskvaning tinchlikka emas, balki Ukrainaga qarshi urushni davom ettirishga intilayotganiga misol sifatida keltirilgan.
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlarning imzosisiz G7 umumiy rezolyusiyani qabul qila olmaydi. Hozirda G7 ga raislik qilayotgan Kanada bu haqda “Katta yettilik” bo‘yicha hamkorlarini allaqachon xabardor qilgan. Mamlakatlarning har birida faqat alohida bayonot berish imkoniyati qoladi.