Oq uy AQSh Moliya vazirligiga Rossiyaning neft va gaz sektoriga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatish imkoniyatlarini o‘rganishni topshirdi, deb yozadi Reuters manbalarga tayanib. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hukumati bu qadamni Rossiya Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, sanksiyalarni tezda bekor qilish rejasining bir qismi sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Reuters'ning qayd etishicha, Tramp yaqin haftalarda Saudiya Arabistonida Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotgani haqida gapirmoqda va sanksiyalarni yumshatish, ehtimol, muzokaralarning markaziy mavzularidan biri bo‘ladi.