Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Rossiyaga qarshi yangi yirik sanksiyalar paketini e’lon qiladi

A A A
AQSh Rossiyaga qarshi yangi yirik sanksiyalar paketini e’lon qiladi

AQSh Rossiyaga qarshi yangi yirik sanksiyalar paketini e’lon qiladi.

"Sanksiyalar ro‘yxatiga 30 dan ortiq shaxs va 360 dan ortiq kompaniya nomlari kiritilgan", deya xabar beradi AQSh moliya vazirligi.

Sanksiyalar Rossiya kompaniyalari va mudofaa sanoati bilan bog‘liq korxonalar, konstruktorlik byurolari va ilmiy-tadqiqot institutlariga ta’sir qildi.

Ro‘yxatda “Mordoviya Dron Texnologiyalari”, NTC Arsenal, “Rus Havo Transporti Laboratoriyasi” va Moskva Aviasiya Instituti mavjud. Sanksiya ro‘yxatiga Rossiya kompaniyalaridan tashqari xorijiy yuridik shaxslar, jumladan, xitoylik, turkiyalik, shveysariyalik va o‘zbekistonlik shaxslar ham kiritilgan.

AQSh Moliya vazirligining qayd etishicha, sanksiyalar Rossiya harbiy-sanoat kompleksi uchun texnologiyalar va tovarlar yetkazib beruvchilarga, shuningdek, ilgari kiritilgan cheklovchi choralarni chetlab o‘tishga qarshi kurashga qaratilgan.

Kiritildi: 11:30 31.10.2024. O'qildi: 1237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!