AQShning NATOdagi doimiy vakili Metyu Uiteker Vashingtonning Rossiya-Ukraina urushi tugaganidan keyin ham Yevropaga qurol sotishni davom ettirish rejasini e’lon qilib, erkin bozorni ta’minlash uchun Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar olib borish zarurligini ta’kidladi.
Bu haqda Uiteker Fox Businessga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
"Evropadagi mudofaa sanoati bazasi Ukrainani ta’minlash uchun yetarlicha qurol ishlab chiqara olmaydi, shuning uchun ham AQShda men shaxsan ishlayotgan tashabbuslar bor", - dedi u.
Uiteker, bu masalalarning barchasi muzokaralar kun tartibida ekanligini qo‘shimcha qildi: "Biz tinchlik o‘rnatilgach, qurol va o‘q-dorilarimizni Yevropa Ittifoqidan savdo to‘siqlarisiz bu yerda sotishni davom ettirishimiz mumkinligini ta’minlashimiz kerak".
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, bu borada AQSh va Yevropa Ittifoqi pozisiyalarini yarashtirishning real imkoniyati mavjud.