Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Rossiya Federasiyasidan chiqib ketayotgan muhojirlar uchun ish o‘rinlari yaratishga qaror qildi

A A A
AQSh Rossiya Federasiyasidan chiqib ketayotgan muhojirlar uchun ish o‘rinlari yaratishga qaror qildi

AQSh Kongressida Markaziy va Janubiy Osiyoda Amerika siyosatini amalga oshirish uchun budjetga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. AQSh Davlat kotibining mintaqaviy masalalar bo‘yicha yordamchisi Donald Lu kongressmenlar oldida nutq so‘zladi.

Lu boshqa narsalar qatorida Rossiyada ishlayotgan markaziy osiyolik muhojirlar ta’qiblardan norozi bo‘lib, mamlakatni tark etayotganini aytdi. Davlat departamenti qaytgan muhojirlar o‘z vatanlarida ish topishi uchun mintaqa mamlakatlarida ish o‘rinlari yaratish uchun mablag‘ ajratishni taklif qilmoqda.

Hukumat Rossiya va Xitoyning mintaqaga bosimini yumshatish uchun 2025 yil uchun 220,7 million dollar so‘ragan. Bu dasturlarning barchasi, jumladan, Markaziy Osiyodan AQShga noqonuniy migrasiya oqimini kamaytirishi kerak.

Kiritildi: 14:52 24.07.2024. O'qildi: 1594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!