Reuters agentligining manbalariga ko‘ra, Ukrainaga G‘arb raketalari bilan Rossiyadagi nishonlarga zarba berishga ruxsat berilgani vaziyatni o‘zgartirmagan. Jo Bayden ma’muriyati bu qarorni Shimoliy Koreya harbiylari Ukrainaga qarshi urushga kirganidan so‘ng qabul qildi, Vashington bu qadamni "javob choralarini talab qiluvchi qadam" sifatida baholaydi.
"Shu bilan birga, Rossiya rasmiylari Qo‘shma Shtatlar tomonidan “keskinlik” deb baholanuvchi harakatlarni qilishda davom etadi", — deya fikr bildirdi agentlikning ikki manbasi. Ular yangi “Oreshnik” raketasining joylashtirilishini misol qilib keltirishdi.
Reuters'ning boshqa suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, vaziyat hamon o‘ta xavfli bo‘lib qolmoqda va yadroviy eskalasiya butunlay istisno qilinmagan.
Bundan tashqari, Amerika razvedkasi Rossiya rasmiylari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni susaytirish uchun "Evropadagi nishonlarga qarshi sabotaj kampaniyasi"ni kuchaytirishga harakat qiladi, deb hisoblaydi.