Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi siyosiy raqiblarining qotilliklari haqidagi hisobotni qisman oshkor qildi

AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi siyosiy raqiblarining qotilliklari haqidagi hisobotni qisman oshkor qildi

Qo‘shma Shtatlar razvedka idoralari tomonidan 2016 yilda tuzilgan hujjat Bloomberg iltimosiga ko‘ra qisman maxfiylikdan chiqarildi. Mazkur hisobotda 2000 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda rossiyalik shaxslarning xorijdagi qotilliklariga oid ma’lumotlar to‘plangan. Qayd etilishicha, qotilliklarning ko‘pchiligi, shaxsan Putinning ruxsati bilan amalga oshirilgan.

Quyida hisobotda qayd etilgan ayrim qotilliklarni keltiramiz:

— 2004 yilda Checheniston Ichkeriya Respublikasining sobiq rahbari Zelimxon Yandarbiyev Qatarda o‘ldirilgan;

— 2006 yilda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining sobiq zobiti Aleksandr Litvinenko Londonda radioaktiv poloniy yordamida o‘ldirilgan;

— 2012 yilda Rossiya rasmiylari tomonidan pul yuvish ishida asosiy guvoh bo‘lgan tadbirkor Aleksandr Perepelichniy Buyuk Britaniyada vafot etgan. Amerika razvedkasi uning zaharlanganini da’vo qilgan, ammo Buyuk Britaniya polisiyasi bunga yetarlicha dalil topa olmagan;

— 2015 yilda Luganskda ayirmachi Aleksandr Bednov o‘ldirilgan. Uning zirhli transporti qurollangan shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgan. AQSh razvedkasiga ko‘ra, bosib olingan mintaqada nazoratni kuchaytirish uchun Kreml tomonidan ushbu qotillikka ruxsat berilgan.

Kiritildi: 23:24 23.11.2024. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!