Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh razvedkasi ma’lumotni tahlil qilishda neyrotarmoqdan foydalanadi

A A A
AQSh razvedkasi ma’lumotni tahlil qilishda neyrotarmoqdan foydalanadi

AQSh maxsus xizmati razvedka ma’lumotini olish va tahlil qilish uchun sun’iy intellektga o‘xshash dastur – “ChatGPT” ishlab chiqmoqda, deb xabar tarqatdi “Blumberg” agentligi.

– Markaziy razvedka boshqarmasi “OpenAI” kompaniyasining mashhur dasturiga o‘xshash servis taqdim etishga tayyorlanmoqda, – deyiladi xabarda. – Tahlilchilar mazkur sun’iy ong yordamida ochiq manba orqali razvedka ma’lumotini qo‘lga kiritishlari mumkin.

Yangilikning joriy qilinish muddati, qaysi platformaga joylanishi aytilmayapti. Ta’kidlanishicha, tez orada ixtirodan Amerika razvedkasining barcha 18 idorasi foydalana boshlaydi.

Nashr “servis siyosatchilar va jamoatchilik uchun yopiq bo‘ladi”, deya aniqlik kiritgan masalaga.

– Eng avval gazeta va radio, so‘ngra gazeta va televideniye, keyin gazeta va kabel televideniyesi va nihoyat internet orqali ko‘p hajmli ma’lumot olish davri boshlandi, – degan MRB xodimi Rendi Nikson. – Jarayon kuchayib boraveradi.

Mutaxassis ta’kidlashicha, bugungi kunda ma’lumotni tahlil qilish xashak orasidan igna qidirishdek gap. Shu bois katta hajmdagi ommaviy va tijoriy ma’lumotni o‘rganish uchun sun’iy ong yordami kerak. Yangi vosita foydalanuvchiga ma’lumotning ilk manbasini aniqlash, tezroq tahlil qilish imkonini beradi.

Kiritildi: 14:46 29.09.2023. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!