Pentagon razvedka boshqarmasi AQSh zarbalari Eronning yadroviy dasturini butunlay yo‘q qilmaganini, faqat uni bir necha oyga orqaga surganini ma’lum qildi, deb xabar berdi CNN va The New York Times manbalariga tayanib.
"Boyitilgan uran zaxiralari oldindan Fordo, Natanz va Isfahon ob’ektlaridan boshqa joylarga ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin, shuningdek, sentrifugalar zarar ko‘rmagan", deya Pentagon hisobotidan iqtibos keltiradi OAV.
CNN asosiy zarar yer usti inshootlariga yetkazilganini ta’kidladi. Bundan tashqari, NYT'ning yozishicha, Eronning uranni boyitish bo‘yicha kichik yashirin ob’ektlari ham zarar ko‘rmagan.
Bloomberg agentligi Isfahon ob’ektidagi uchta reaktorga zarar yetmaganini xabar qildi. Agentlikning MAGATEdagi (Xalqaro atom energiyasi agentligi) manbalariga ko‘ra, AQSh bu reaktorlarga ataylab hujum qilmagan bo‘lishi mumkin.
Oq uy ushbu xabarlarga keskin munosabat bildirdi. Prezident Donald Tramp ommaviy axborot vositalari "muvaffaqiyasizlar" va "yolg‘onchilar" deb atab, ular bomba tashlagan uchuvchilardan uzr so‘rashi kerakligini aytdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt matbuotning shubhalarini "prezidentni kamsitish va jasur uchuvchilarni obro‘sizlantirishga urinish" deb atadi.
"30 ming fut og‘ irlikdagi o‘n to‘rtta bomba aniqlik bilan tashlansa, bu nishon to‘liq yo‘q qilinishini hamma biladi", — dedi Livitt.
Avvalroq Tehron Qo‘shma Shtatlarning hujumidan so‘ng ham mamlakat yadroviy dasturini rivojlantirish davom etayotganini bildirgandi.