AQSh razvedkasi eronlik olimlar guruhi yadro qurolini tezlashtirilgan usulda yaratish ustida ishlayotganini aniqladi.
Bu haqda The New York Times amerikalik yuqori martabali manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning muhandis va qurol ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislari yadroviy qurolni ishlab chiqish muddatini bir necha oygacha qisqartirishga intilmoqda.