Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh razvedkasi: AQSh zarbalari Eronning Fordo shahridagi zavodini yo‘q qilmagan

AQSh razvedkasi: AQSh zarbalari Eronning Fordo shahridagi zavodini yo‘q qilmagan

The New York Times nashri AQSh razvedkasining Eronning uchta yadroviy ob’ektlariga berilgan zarbalar bo‘yicha dastlabki bahosini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

☑️ AQSh zarbalari Eronning yadroviy materiallarining faqat kichik qismini yo‘q qilgan. Mamlakat rasmiylari boyitilgan uranning asosiy qismini boshqa joyga ko‘chirish va yashirishga muvaffaq bo‘lgan.

☑️ AQSh zarba bergan ob’ektlar Tramp ma’muriyati umid qilgan darajada zarar ko‘rmagan.

☑️ Zarbalar natijasida ikki yadroviy ob’ektga kirish yo‘llari qulagan, ammo ularning yer ostidagi bunkerlariga zarar yetmagan. Qaysi ob’ektlar nazarda tutilgani NYT maqolasida aniq ko‘rsatilmagan.

☑️ AQSh zarbalari Fordo tog‘ ostidagi yadroviy ob’ektning elektr ta’minoti tizimini ishdan chiqargan. Eron ushbu ob’ektga qachon kirib, ta’mirlash ishlarini boshlashi hozircha noma’lum.

📝 Isroil tomonidan berilgan dastlabki baholar ham Fordodagi majmua to‘liq yo‘q qilinmaganini tasdiqlagan.

Oq uy mazkur razvedka xulosalariga rozi bo‘lmadi va uni «tubdan noto‘g‘ri» deb atadi. CNN telekanaliga bergan izohida Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livett bu «shartli baholash» maxfiy bo‘lganiga qaramay, uni CNN'ga «razvedka hamjamiyatidagi noma’lum omadsiz» shaxs yetkazganini aytdi. Livett bu ma’lumot siznishini Trampni «sharmanda qilish» va zarbani amalga oshirgan qiruvchi uchuvchilarni «nomusdan ketkazish» urinishi deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh 22-iyunga o‘tar kechasi Eronning Fordo, Natanz va Isfahon shaharlaridagi yadroviy dasturga oid uchta ob’ektga havo zarbalari bergan edi. Pentagon zarbalardan keyin yetkazilgan zarar darajasini baholash davom etilayotganini bildirgan. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu uchala ob’ekt yo‘q qilinganini ta’kidlagan. Eron tomoni esa bu da’volarni rad etgan.

Kiritildi: 11:05 25.06.2025. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!