Amerikaning Bombardier ARTEMIS II razvedka samolyoti Qora dengiz akvatoriyasi uzra kuzatuv parvozini amalga oshirib, havoga ko‘tarilganidan qariyb sakkiz soat o‘tib missiyasini yakunladi.
Bu haqda RIA Novosti agentligi parvozlarni kuzatish ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, samolyot 13 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:45 da Ruminiyadagi Mixail Kogelnichanu nomidagi harbiy aviabazadan havoga ko‘tarilgan.
Shundan so‘ng AQSh razvedka samolyoti Qora dengiz uzra razvedka va kuzatuv ishlarini olib borgan.
Parvoz ma’lumotlariga ko‘ra, Bombardier ARTEMIS II Toshkent vaqti bilan taxminan soat 18:40 da Ruminiyaning Konstansa shahridagi aeroportga qaytib qo‘ngan.
Shu tariqa, samolyotning parvozi qariyb 7 soat 55 daqiqa davom etgan.
Hozircha razvedka missiyasining aniq vazifalari va kuzatuv natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.