Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh rasmiysi falastinliklarning G‘azo sektoridan majburan ko‘chirilishiga qarshi chiqdi

AQSh rasmiysi falastinliklarning G‘azo sektoridan majburan ko‘chirilishiga qarshi chiqdi

AQSh prezidenti yordamchisi o‘rinbosari va Milliy xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha koordinatori Brett Makgyork falastinliklarning G‘azo sektoridan majburan ko‘chirilishi va mintaqaning navbatdagi ishg‘ol qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda amerikalik rasmiy Bahrayndagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Falastinliklarni G‘azodan majburan chiqarib bo‘lmaydi, G‘azoni yana bosib bo‘lmaydi, hududini ham qisqartirib bo‘lmaydi", - deydi Makgyork.

Uning ta’kidlashicha, bosib olingan G‘arbiy Sohil va G‘azo sektoridagi ma’muriyat bir tom ostida to‘planishi kerak.

Amerikalik rasmiyning fikricha, HAMAS qo‘lida ushlab turilgan ko‘p sonli mahbuslarning ozod etilishi G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarda sezilarli gumanitar pauzaga olib keladi. Va agar shunday qadam tashlansa, bu G‘azoga kelayotgan insonparvarlik yordamining ko‘payishiga olib keladi, deya qo‘shimcha qildi Makgyork.

Kiritildi: 22:55 18.11.2023. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!