Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Qatardagi U-17 Jahon chempionatidan voz kechdi

AQSh Qatardagi U-17 Jahon chempionatidan voz kechdi

AQShning 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoasi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sabab Qatarda o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etmaslikka qaror qildi.

USA Today ma’lumotiga ko‘ra, bunga Yaqin Sharqdagi keskinlik va Qatar yaqinidagi suv hududlarida kemalar bilan bog‘liq hodisalar sabab bo‘lgan. AQSh Davlat departamenti Qatarga safar qilish xavfini uchinchi darajaga ko‘targan.

«Futbolchilarimiz va murabbiylarimizning tayyorgarligidan faxrlanamiz. Ammo hozirgi sharoitda musobaqada qatnasha olmaymiz. O‘yinchilar va xodimlarimiz xavfsizligi doimo birinchi o‘rinda turadi», — deyiladi AQSh futbol federasiyasining jamoa a’zolariga yuborgan maktubida.

U-17 Jahon chempionati 19 noyabrdan 13 dekabrgacha Dohada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. AQShning musobaqadan chiqishi hozircha rasman e’lon qilinmagan. FIFA reglamentiga ko‘ra, ishtirokdan voz kechgan jamoa boshqasi bilan almashtirilishi mumkin.

Kiritildi: 05:17 12.11.2026. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik