AQSh prezidentligiga nomzod, biznesmen Vivek Ramasvami Ukraina mojarosini hal qilish doirasida Qrim va Donbassning katta qismini Rossiyaga qoldirishni taklif qildi.
“Putin oxir-oqibat Qrim va Donbassning katta qismini oladi. Bundan tashqari, NATO Ukraina ittifoqqa qo‘shilmasligiga qasamyod qilishi, AQSh esa Rossiya bilan to‘liq iqtisodiy munosabatlarni tiklashi kerak”. Bular katta imtiyozlar”, - deya uning so‘zlarini keltiradi Politico.
Ramasvami, shuningdek, Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainadagi vaziyatni nazorat qilishi mumkinligini ham taklif qildi.