Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh prezidenti xorijiy filmlarga 100% boj joriy qilishga va’da berdi

 AQSh prezidenti xorijiy filmlarga 100% boj joriy qilishga va’da berdi

Donald Trampning fikricha, bu "katta tezlikda" halokatga uchrayotgan Amerika kino sanoatini himoya qiladi.

"Gollivuddagi muammolar boshqa davlatlar tomonidan kinoijodkorlarni jalb qilish uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar bilan bog‘liq. Bu boshqa mamlakatlarning muvofiqlashtirilgan harakati va shuning uchun bizning milliy xavfsizligimizga tahdiddir. Shuningdek, mazkur harakat ularning targ‘ibotidir", — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

"Biz bu masala bilan shug‘ullanayapmiz", — deya izoh berdi AQSh Savdo vaziri Hovard Lyutnik.

Boj qanday tarzda kiritilishi haqida na prezident, na vazir izoh bergan. Bu chora oqibatida striming xizmatlariga ham ta’sir etishi yoki faqat kinoteatrlar orqali namoyish qilinadigan filmlargagina tegishli ekanligi hozircha noma’lum.

Kiritildi: 12:45 05.05.2025. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!