AQSh prezidenti 2026 yil aprel oyida Xitoyga borishini ma’lum qildi.
Donald Tramp Si Jinpin bilan o‘tkazgan telefon muloqotida uning 2026 yil aprel oyida Xitoyga tashrif buyurish taklifini qabul qilganini bildirdi. Shuningdek, Tramp Xitoy raisini Qo‘shma Shtatlarda kutayotganini ta’kidladi.
"Xitoy bilan munosabatlarimiz nihoyatda mustahkam!", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Bundan tashqari, Donald Tramp Si Jinpin bilan muloqotda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni tugatish masalasini muhokama qilganini aytdi.