Donald Tramp kecha Jenevada bo‘lib o‘tgan AQSh va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo bojlari bo‘yicha muzokaralarni shunday izohladi.
"Shveysariyada Xitoy bilan juda yaxshi uchrashuv bo‘ldi. Ko‘p masalalar muhokama qilindi, ko‘plab kelishuvlarga erishildi. Do‘stona, ammo konstruktiv tarzda to‘liq tiklanish bo‘ldi. Biz Xitoyni Qo‘shma Shtatlar biznesi uchun ochiq ko‘rishni istaymiz, bu har ikki davlat, Xitoy va AQSh uchun foydali. Katta yutuqlarga erishildi!" — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoqda.
Xitoy hozircha bu borada izoh bermadi. Uchrashuv arafasida AQSh ommaviy axborot vositalari Tramp muzokara kuni Xitoyga qarshi tariflarni 50 foizgacha tushirishi mumkinligini yozgan edi, biroq bu sodir bo‘lmadi.