AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronning energetika infratuzilmasiga beriladigan zarbalarni 10 kunga to‘xtatib turganini ma’lum qildi, vaholanki Tehron atigi yetti kun so‘ragan edi.
«Men ularga 10 kunlik muhlat berdim. Ular 7 kun so‘rashgandi, ammo men 10 kun berishimni aytdim, chunki ular menga kemalarni berishdi», — dedi Tramp.
«Agar ular qilishlari kerak bo‘lgan ishlarni bajarishmasa, men ularning elektr stansiyalarini yo‘q qilib tashlayman!» — deya qo‘shimcha qildi AQSh Prezidenti.
Tramp, shuningdek, «Erondagi rejim o‘zgardi, chunki u yerda hamma o‘lmoqda», deb da’vo qildi.