Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh prezidenti Jo Bayden ataylab maxfiy hujjatlarni saqlagan, biroq u bu masala bo‘yicha ayblanmaydi

AQSh prezidenti Jo Bayden ataylab maxfiy hujjatlarni saqlagan, biroq u bu masala bo‘yicha ayblanmaydi

AQSh prezidenti Jo Bayden ataylab maxfiy hujjatlarni saqlagan, biroq u bu masala bo‘yicha ayblanmaydi.

"Biz bu ish bo‘yicha jinoiy ayblov qo‘yish uchun asos yo‘q degan xulosaga keldik", — deya ma’lum qildi maxsus prokuror Robert Xur.

Hujjatlar o‘tgan yil yanvar oyida Baydenning Delaverdagi uyida tintuv o‘tkazilganda topilgan. Ulardan ba’zilari Baydenning senatorlik davriga, boshqalari esa vise-prezidentlik davriga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, topilgan maxfiy hujjatlar AQSh Milliy arxivi va Adliya vazirligiga topshirilgan.

Adliya vazirligining 345 sahifalik hisobotida Jo Baydenning xatti-harakatlari "milliy xavfsizlik uchun jiddiy xavf tug‘dirishi", ammo "bu xavflarni jinoiy ayblovlar orqali hal qilish oqilona harakat emasligi" aytilgan.

Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi vakillari buni keskin tanqid qildi. Chunki avvalroq Tramp maxfiy hujjatlar bilan noto‘g‘ri ishlashda ayblangan.

Kiritildi: 19:09 09.02.2024. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!