Amerika Qo‘shma Shtatlari vise-prezidenti Kamala Xarris Polshada bo‘lganlarga qo‘shimcha ravishda bir necha ming amerikalik askarlarni Polsha yerlariga joylashtirishga va’da berdi. Bu haqda Polsha hukumati rahbari Mateush Moraveskiy ma’lum qildi.
Polsha bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, uning Xarris bilan uchrashuvida Polshada AQSh harbiylarini joylashtirish masalasi muhokama qilingan. Vise-prezidentning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Polshadagi harbiy ishtirokini doimiy ravishda mustahkamlash niyatida.
Shuningdek, Moraveskiy Xarris Polshaga bir necha ming qo‘shimcha AQSh qo‘shinini yuborishga va’da berganini aytdi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Polsha hududida o‘z harbiy bazalarini qurmoqchi va qurol hamda harbiy texnika omborlarini jihozlamoqchi.