Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh olimlari 2028 yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi

AQSh olimlari 2028 yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi

Olimlar mamontlarni qayta tiriltirish uchun abadiy muzliklardan topilgan mamontlar DNK sidan foydalanmoqchi.

Mamontlarni qayta dunyoga keltirish uchun Colossal Biosciences (AQSh) biotexnologiya startapi $200 mln jalb etdi, deya xabar berdi Bloomberg.

Mamont bolasini surrogat ona fil dunyoga keltiradi. Olimlarning ta’kidlashicha, mamont bolasi dunyoga kelgach doimiy kuzatuv ostida, keng va bioxavfsiz qo‘riqxonada yashaydi.

Ushbu tadqiqot bo‘yicha ijobiy natijaga erishish ko‘plab olimlarni xavotirga solmoqda. Sababi tug‘ilajak mamont bolasi hozirgi iqlim sharoitida yashab keta oladimi? Osiyo filining hujayralaridan foydalanish olimlarga o‘zlari xohlagan mamontni beradimi? degan savollar ularni qiynamoqda.
Kiritildi: 10:56 17.01.2025. O'qildi: 3045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!